“Болаларнинг саломатлиги, хусусан, мунтазам эмлаш масалаларини оммавий ахборот воситаларида ёритилишини кенгайтириш” лойиҳаси асосида яратилган блог
среда, 20 ноября 2019 г.
среда, 6 ноября 2019 г.
311 минг аёлни ҳаётдан олиб кетаётган дард
Бачадон бўйни саратони аёллар
саломатлигига таҳдид қилувчи жиддий касалликлардан бири ҳисобланади. Статистик
маълумотларга кўра, дунёда биргина 2018 йилда бачадон бўйни саратони билан
қарийб 570 000 янги касалланиш ҳолати қайд этилган. Ҳар йили шу касалликдан 311
000 нафардан ортиқ аёллар вафот этади.
понедельник, 4 ноября 2019 г.
суббота, 2 ноября 2019 г.
Tajribadan o’tgan vaksina
Bugunga qadar Milliy emlash kalendari bo‘yicha
O‘zbekistonda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat
hisobidan profilaktik emlanayotgan edi. «ВПЧ ga qarshi vaksinaning 13-emlash sifatida
joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni
xastaligining oldini olishga xizmat qiladi.
четверг, 17 октября 2019 г.
ВПЧ vaksinalari
bepushtlikka olib keladimi? Taxminlarga
oydinlik kiritamiz
ВПЧ vaksinalari
reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida ishonchli ilmiy
dalillar mavjud. 2006 yilda birinchi ВПЧ vaksinasini litsenziyalashdan oldin
o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar, shuningdek, uning kiritilishidan keyin
o‘tkazilgan monitoring va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar ushbu
vaksinaning ayollarning reproduktiv disfunksiyasini keltirib chiqarmasligini
tasdiqladi.
пятница, 4 октября 2019 г.
ВПЧ jahon tajribasiga nazar
ВПЧ vaksinasi
ishlatiladigan mamlakatlarda ВПЧ infeksiyasining tarqalishi va bachadon
bo‘yni patologik o‘zgarishlari aniq kamayadi. Bachadon bo‘yni saratonining emlash
bilan bog‘liq kamayishi yaqin bir necha yil ichida sezilarli bo‘lishi
kutilmoqda. Bu mamlakatlarda, shuningdek, keskin — 90% dan ko‘proq —
genital so‘gallar tarqalishining pasayishi kuzatilmoqda.
вторник, 17 сентября 2019 г.
Термизда
вакцина омбори очилди
Термиз шаҳридаги Давлат санитария-эпидемиология назорати
марказида болаларни эмлаш учун келтириладиган вакциналарни сақлаш омбори
қурилиб фойдаланишга топширилди. Шу муносабат билан ушбу бинонинг очилиш
маросими бўлиб ўтди. Унда иштирок этган Юнисефнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси бош
ўринбосари Афшин Парси, Вилоят ҳокимлиги вакили Умид Ҳолимқулов омборхона
ҳақида сўзларкан ушбу бино
имкониятларидан келиб чиқиб 20 йилдан ортиқ
воҳа аҳлига ҳизмат кўрсатиш имкониятига эга эканлигини алоҳида таъкидлашди.
воскресенье, 8 сентября 2019 г.
Вакцина «Хавфли»: эмлаш ҳақидаги миш-мишлар канчалик тўғри?
Жахон соғликни
сақлаш ташкилотининг (ЖССТ) маълумотига кўра, хавфли касалликларнинг олдини
олиш бўйича эмлаш усули муаммога иқтисодий жихатдан энг самарали ечим бўлиб, йилига 2-3 миллион кишининг хаётини
сақлаб қолинади. Эмлашдан бош тортиш эса
инсониятга қарши оммавий тахдидлар рўйхатига киритилган.
четверг, 5 сентября 2019 г.
Revaksinatsiya nima?
Reavksinatsiya o‘z nomi bilan – organizm kasallikka qarshi immunitetini
kuchaytirish maqsadida qaytadan vaksina yuborish deganidir. (Har qanday
terminga qo‘shilgan “re” qo‘shimchasi “qayta” degan ma’noni anglatadi.) Qayta
vaksinatsiya o‘tkazilganda organizm immuniteti kuchayadi.
Қизлар саломатлиги
йўлида янги вакцина
Бачадон бўйни
саратони тарқалишига кўра жаҳонда аёлларда учрайдиган саратон касалликлари
орасида тўртинчи ўринда туради. Дунёда бўлгани каби, мамлакатимизда ҳам бачадон бўйни саратони барча
ёшдаги аёллар ўртасида тарқалиши бўйича кўкрак бези саратонидан кейинги ўринда
туради.
вторник, 3 сентября 2019 г.
Ноябр ойидан янги вакцина бўйича қизлар эмланади
Бачадон бўйни саратони аёллар саломатлигига
таҳдид қилувчи жиддий касалликлардан бири ҳисобланади. 2018 йилда дунёда
бачадон бўйни саратони билан қарийб 570 000 янги касалланганлик ҳолати қайд
этилган. Ҳар йили шу касалликдан 311 000 дан ортиқ аёллар вафот этади.
воскресенье, 25 августа 2019 г.
Emlash qanday olib boriladi?
Vaksinatsiya - bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga
patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi
infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini
yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi.
среда, 21 августа 2019 г.
Bola bezovta bo‘lib qoldi. Endi
nima qilamiz?
Vaksina olgan bola yuqori harorat va
og‘riq sababli vaqtincha qiynalishi mumkin.Bunday vaziyatlarda shifokor bilan
maslahatlashib, harorat tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi dorilardan foydalanish
mumkin. Bolaga aspirin bermaslik kerak. Agar bolada bezovtalik bir sutkadan
ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
пятница, 16 августа 2019 г.
Emlash
vaqtida nima qilish kerak?
Emlangunga qadar shifokorning
savollariga to‘g‘ri, aniq javob bering. Bolani emlatishga olib borishdan avval
uning sog‘lig‘ini sinchkov kuzating. Har qanday emlashdan avval bola shifokor
ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shifokor bolaga sizning beradigan javoblaringizsiz
to‘liq baho berolmasligi mumkin.
среда, 14 августа 2019 г.
Emlashgacha nima qilish
kerak?
Emlanayotgan bola sog‘lom bo‘lishi
shart. Emlashga olib boriladigan bolaning harorati, kayfiyati, uyqusi,
ishtahasi me’yorida bo‘lishi, turli shikoyatlar bo‘lmasligi lozim. Tana
haroratining baland bo‘lishi bola organizmida infeksiya mavjudligidan darak,
uning immuniteti zo‘riqish holatida bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda bolaning
emlanishi immunitetning yanada zo‘riqishi va qo‘shimcha kasalliklarga sabab
bo‘lishi mumkin.
понедельник, 12 августа 2019 г.
МТМ
га бола эмланмаган бўлса қабул қилинмайдими?
Мактабгача таълим вазирлиги тақдим этган
маълумотга кўра, Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 19 июлдаги «Мактабгача таълим
муассасаларининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида»ги қарорига асосан юқумли
касалликларга қарши эмланмаган болани боғчага қабул қилмаслик бўйича талаблар қўйилмаган.
Ота-оналар фақатгина болаларнинг саломатлигига масъул бўлган ҳолда ўз хоҳиши
билан эмлатиши мумкин.
PRIVIVKADAN OLDIN NIMALARNI BILISHIMIZ KERAK?
Oxirgi paytda emlash masalasi bahslashadigan
mavzu bo'lib qolgan. Ba'zi ota-onalar farzandini emlatishdan bosh tortsa,
ba'zilari emlash muddatini o'z xohishlari bilan suradilar. Buning sababi
ota-ona emlashdan bo'ladigan salbiy oqibatlardan qo'rqishidir. Lekin, ba'zi
kasalliklarga qarshi bola o'z vaqtida emlanmay u kasallikni yuqtirib olsa,
uning hayoti uchun o'ta xavfli bo'lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Demak,
agar ota-ona emlatishni istasa-da, uning asoratlaridan qo'rqayotgan, quyidagi
maslahatlar bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo'lmaydi.
суббота, 10 августа 2019 г.
Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?
Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bolalarni emlash qat’iyan
taqiqlanadi. Agar bola kasal bo‘lsa, unga vaqtincha tibbiy cheklov beriladi. Bu
muddat tugagach, oilaviy poliklinikalarda emlanadi. Bola tug‘ilganda 1800
grammdan kam bo‘lsa ham emlanmaydi yoki hayoti davomida VICH infeksiyasiga
chalinsa, ota-onadan genetik orttirilgan kasalliklari bo‘lsa ham, ularni
davolab, keyin emlash zarur.
пятница, 9 августа 2019 г.
Касалликларга қарши курашда Вакцинация аҳамияти
Вакцинация
яъни, эмлаш орқали
бир қатор юқумли касалликларнинг олдини олишда асосий восита хисобланади. Фақат профилактик эмлаш туфайли
дифтерия, полиомиелит, қоқшол,
кўкйутал,
сил, паротит, грипп, қутуриш, бактериал менингитлар билан касаллапиш хамда ушбу
касалликларнинг асоратидан сақланиш
мумкин.
понедельник, 5 августа 2019 г.
Ўзбекистонда онкологик
касаллигининг олди олинмоқда
Ўзбекистонда
аёлларда учрайдиган бачадон бўйни саратонининг олдини олишга йўналтирилган Одам папилломаси
вирусига қарши
вакцина жорий қилинмокда.Жахон соғликни сақлаш ташкилоти
(ЖССТ) маълумотларига кўра,
хар йили дунё миқёсида
370 мингдан зиёд аёлда бачадон бўйни саратони биринчи бор қайд этилади, шулардан 190 минг
нафари ушбу касаллик оқибатида
вафот этади.
суббота, 3 августа 2019 г.
2017 yilda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun
sarflanadigan mablag‘lar to‘liq davlat byudjeti hisobidan qoplangandi. Ushbu
tadbirlar uchun uchun 42,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi va emlash qamrovi
99,5 foizga yetkazilgandi Natijada, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
tomonidan O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli hudud deb
e’tirof etildi. 2018 yilda bu yo‘nalishdagi ishlar uchun davlat byudjetidan
ajratiladigan mablag‘lar 105 milliard so‘mga yetkazildi. Bu yilga kelib, barcha o‘smir qizlarni papilloma virusiga
qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Подписаться на:
Комментарии (Atom)





















