пятница, 16 августа 2019 г.

Emlash vaqtida nima qilish kerak?
Emlangunga qadar shifokorning savollariga to‘g‘ri, aniq javob bering. Bolani emlatishga olib borishdan avval uning sog‘lig‘ini sinchkov kuzating. Har qanday emlashdan avval bola shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shifokor bolaga sizning beradigan javoblaringizsiz to‘liq baho berolmasligi mumkin.

Emlangach bola organizmida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida shifokordan batafsil bilib oling. Bola emlangandan keyin uning immun tizimida o‘zgarishlar bo‘la boshlaydi. Bolaning kayfiyati, tanasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kutiladigan o‘zgarishlarni avvaldan bilib olish turli xavotirlarning oldini oladi.
Bola emlangach, klinikadan uyga ketishga shoshilmang. Klinikadan tashqari chiqib, yarim soatcha o‘sha yerda aylanib turing. Bolada kutilmagan biror nojo‘ya o‘zgarish kuzatilsa, shifokorga murojaat qilishingiz oson bo‘ladi.

Emlangan bolani ma’lum muddat kuzating. Og‘ir kasalliklardan himoya qiluvchi vaksinalar bolaga noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий