воскресенье, 25 августа 2019 г.

Emlash qanday olib boriladi?

Vaksinatsiya - bu sun’iy immunitet hosil qilish bo‘lib, organizmga patogen mikroorganizmlarning antigenini yuborib, kasallik chaqiruvchi infeksiyalardan himoyalanish usulidir. Organizmga mikroorganizm antigenini yuborgandan keyin unga qarshi maxsus antitelo ishlab chiqariladi.

среда, 21 августа 2019 г.

Bola bezovta bo‘lib qoldi. Endi nima qilamiz?

Vaksina olgan bola yuqori harorat va og‘riq sababli vaqtincha qiynalishi mumkin.Bunday vaziyatlarda shifokor bilan maslahatlashib, harorat tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi dorilardan foydalanish mumkin. Bolaga aspirin bermaslik kerak. Agar bolada bezovtalik bir sutkadan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

пятница, 16 августа 2019 г.

Emlash vaqtida nima qilish kerak?
Emlangunga qadar shifokorning savollariga to‘g‘ri, aniq javob bering. Bolani emlatishga olib borishdan avval uning sog‘lig‘ini sinchkov kuzating. Har qanday emlashdan avval bola shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shifokor bolaga sizning beradigan javoblaringizsiz to‘liq baho berolmasligi mumkin.

среда, 14 августа 2019 г.

Эмлашнинг таъсири қандай?
Эмлаш ҳақида сўзлашдан олдин унинг тарихига назар ташласак, кадим замонлар яъни ўтмишга саёҳат қиламиз. Илк эмлашлар сувчечакнинг енгил кўринишига қарши амалга оширилган...
Emlashgacha nima qilish kerak?

Emlanayotgan bola sog‘lom bo‘lishi shart. Emlashga olib boriladigan bolaning harorati, kayfiyati, uyqusi, ishtahasi me’yorida bo‘lishi, turli shikoyatlar bo‘lmasligi lozim. Tana haroratining baland bo‘lishi bola organizmida infeksiya mavjudligidan darak, uning immuniteti zo‘riqish holatida bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda bolaning emlanishi immunitetning yanada zo‘riqishi va qo‘shimcha kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

понедельник, 12 августа 2019 г.

МТМ га бола эмланмаган бўлса қабул қилинмайдими?
Мактабгача таълим вазирлиги тақдим этган маълумотга кўра, Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 19 июлдаги «Мактабгача таълим муассасаларининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида»ги қарорига асосан юқумли касалликларга қарши эмланмаган болани боғчага қабул қилмаслик бўйича талаблар қўйилмаган. Ота-оналар фақатгина болаларнинг саломатлигига масъул бўлган ҳолда ўз хоҳиши билан эмлатиши мумкин.
PRIVIVKADAN OLDIN NIMALARNI  BILISHIMIZ KERAK?
 Oxirgi paytda emlash masalasi bahslashadigan mavzu bo'lib qolgan. Ba'zi ota-onalar farzandini emlatishdan bosh tortsa, ba'zilari emlash muddatini o'z xohishlari bilan suradilar. Buning sababi ota-ona emlashdan bo'ladigan salbiy oqibatlardan qo'rqishidir. Lekin, ba'zi kasalliklarga qarshi bola o'z vaqtida emlanmay u kasallikni yuqtirib olsa, uning hayoti uchun o'ta xavfli bo'lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Demak, agar ota-ona emlatishni istasa-da, uning asoratlaridan qo'rqayotgan, quyidagi maslahatlar bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo'lmaydi.

суббота, 10 августа 2019 г.

Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?

Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bolalarni emlash qat’iyan taqiqlanadi. Agar bola kasal bo‘lsa, unga vaqtincha tibbiy cheklov beriladi. Bu muddat tugagach, oilaviy poliklinikalarda emlanadi. Bola tug‘ilganda 1800 grammdan kam bo‘lsa ham emlanmaydi yoki hayoti davomida VICH infeksiyasiga chalinsa, ota-onadan genetik orttirilgan kasalliklari bo‘lsa ham, ularni davolab, keyin emlash zarur.

пятница, 9 августа 2019 г.

Касалликларга қарши курашда Вакцинация аҳамияти
Вакцинация яъни, эмлаш орқали бир қатор юқумли касалликларнинг олдини  олишда асосий восита хисобланади. Фақат профилактик эмлаш туфайли дифтерия, полиомиелит, қоқшол, кўкйутал, сил, паротит, грипп, қутуриш, бактериал менингитлар билан касаллапиш хамда ушбу касалликларнинг асоратидан сақланиш мумкин.

понедельник, 5 августа 2019 г.

Ўзбекистонда онкологик касаллигининг олди олинмоқда
Ўзбекистонда аёлларда учрайдиган бачадон бўйни саратонининг олдини олишга йўналтирилган Одам папилломаси вирусига қарши вакцина жорий қилинмокда.Жахон соғликни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) маълумотларига кўра, хар йили дунё миқёсида 370 мингдан зиёд аёлда бачадон бўйни саратони биринчи бор қайд этилади, шулардан 190 минг нафари ушбу касаллик оқибатида вафот этади.

суббота, 3 августа 2019 г.

Kasallik oldini olish yo’lida…..

2017 yilda yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun sarflanadigan mablag‘lar to‘liq davlat byudjeti hisobidan qoplangandi. Ushbu tadbirlar uchun uchun 42,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi va emlash qamrovi 99,5 foizga yetkazilgandi Natijada, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli hudud deb e’tirof etildi. 2018 yilda bu yo‘nalishdagi ishlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 105 milliard so‘mga yetkazildi. Bu yilga kelib,  barcha o‘smir qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash bilan to‘liq qamrab olish yo‘lga qo‘yilmoqda.