среда, 21 августа 2019 г.

Bola bezovta bo‘lib qoldi. Endi nima qilamiz?

Vaksina olgan bola yuqori harorat va og‘riq sababli vaqtincha qiynalishi mumkin.Bunday vaziyatlarda shifokor bilan maslahatlashib, harorat tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi dorilardan foydalanish mumkin. Bolaga aspirin bermaslik kerak. Agar bolada bezovtalik bir sutkadan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Emlashdan so‘ng bolaning oyoq yoki qo‘lida shish paydo bo‘lsa, qizarsa, nima qilish kerak? Zarur bo‘lganda bolaning shishgan joyiga toza, ho‘l mato qo‘yiladi. Bunda ham bir sutka qaraladi. Agar ahvol yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilinadi.
Bolaning harorati oshsa nima qilish lozim? Tana haroratini tushirish uchun bolaga ko‘proq suyuqlik berish, bolani o‘rab-chirmab tashlamaslik, bola badanini gubkada iliq suv bilan artish, harorat tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dorini bolaning vazniga mos miqdorda berish lozim.

Bolada uch kungacha og‘riq va harorat sababli bezovtalik bo‘lishi mumkin. Vaksina tarkibidagi zararsizlantirilgan mikroblar oshqozon ishiga ta’sir qiladi. Emlashdan avval bolada ich qotishi, qorin dam bo‘lishi, hazm muammolari bo‘lsa, vaksina ich ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий