Qanday vaziyatlarda bolani emlash mumkin emas?
Tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan bolalarni emlash qat’iyan
taqiqlanadi. Agar bola kasal bo‘lsa, unga vaqtincha tibbiy cheklov beriladi. Bu
muddat tugagach, oilaviy poliklinikalarda emlanadi. Bola tug‘ilganda 1800
grammdan kam bo‘lsa ham emlanmaydi yoki hayoti davomida VICH infeksiyasiga
chalinsa, ota-onadan genetik orttirilgan kasalliklari bo‘lsa ham, ularni
davolab, keyin emlash zarur.
Shuningdek, bolada ovqatga yoki tibbiy
dorilarga allergik ta’sirchanlik bo‘lsa, u og‘ir kasallik bilan og‘risa darmonsizlik, umumiy behollik kuzatilsa, qon yoki qon zardobi quyilgan bo‘lsa yoxud
immun tizimida muammolar kuzatilsa emlash kechiktiriladi. Bola kasallikka
chalinsa, shamollab, isitmasi ko‘tarilsa yoki ma’lum bir dard bilan og‘rigan
bo‘lsa, uni sezmasdan emlash amalga oshirilsa, reaksiya berishi mumkin. Bu
holatda bola bezovtalanadi, yig‘lab, injiqlanadi, isitmalab, ichi ketadi,
ishtahasi yo‘qoladi. Bu paytda onalar darhol shifokorga murojaat etishlari
kerak. Bola shifokorlar tomonidan ro‘yxatga olinadi va muammo sababi
o‘rganiladi. Lekin bu holat kamdan-kam hollarda
kuzatiladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий