PRIVIVKADAN OLDIN NIMALARNI BILISHIMIZ KERAK?
Oxirgi paytda emlash masalasi bahslashadigan
mavzu bo'lib qolgan. Ba'zi ota-onalar farzandini emlatishdan bosh tortsa,
ba'zilari emlash muddatini o'z xohishlari bilan suradilar. Buning sababi
ota-ona emlashdan bo'ladigan salbiy oqibatlardan qo'rqishidir. Lekin, ba'zi
kasalliklarga qarshi bola o'z vaqtida emlanmay u kasallikni yuqtirib olsa,
uning hayoti uchun o'ta xavfli bo'lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Demak,
agar ota-ona emlatishni istasa-da, uning asoratlaridan qo'rqayotgan, quyidagi
maslahatlar bilan tanishib chiqish foydadan xoli bo'lmaydi.
Emlash uchun
qanday tayyorgarlik ko'rish lozim? Agar bola sog'lom bo'lib isitmasi
chiqmayotgan bo'lsa, unga emlashdan oldin hech qanday antigistamin yani allergiyaga
qarshi yoki istma tushiruvchi dori
vositalarini ichirish kerak emas. Faqat ba'zi allergik bolalar uchun maxsus
tayyorgarlik talab etiladi. Bu haqda pediatr bilan maslahatlashish darkor.
Ota-ona farzandini emlashdan oldin bolani emlash muddatidan 2-3 kun oldin kasal
bolalar bilan to'qnashmasligini ta'minlash lozim. Buning sababi ba'zi
kasalliklar yuqib bo'lib ma'lum bir muddatdan so'ng namoyon bo'lishidir.
Shuning uchun ayni emlash kuni kasallik namoyon bo'lmasligi yoki ko'chada
kasallik yuqtirib olgan bolani emlamaslik uchun emlashdan oldin imkon boricha
2-3 kun boshqa bolalar bilan o'ynamasligini ta'minlash kerak. Emlashdan oldin
bolani istmasini o'lchash. Tana harorati ko'tarilgan bolani aslo emlash mumkin
emas. Emlash kuni uyda istma tushuruvchi dori vositasi mavjud bo'lishi kerak.
Bola emadigan bo'lsa, ona bu davrda yangi mahsulotlarni yemasligi kerak.
Emlashdan oldin va keyin bir necha kun bolaning turmush tarzini keskin
ozgartirish mumkin emas. Ya'ni bolani qo'shimcha ovqatiga yangi mahsulotlar
qo'shish, uzoq safarlarga ketish, ko'chish, kun tartibini o'zgartirish va
hokazo. Bularning barchasi bola organizmiga stress keltirib emlash reaksiyasini
o'zgartirib yuborishi mumkin. Oila a'zolarini kasal bo'lmasligini ta'minlash
zarur. Shifokorga talab: Shifokor bolani emlashdan oldin bola salomatligi
haqida, u bilan homiladorlik qanday o'tgani va tug'ish jarayoni haqida,
bolaning dori vositalariga mavjud bo'lgan allergik reaksiyasi, yaqin orada bola
kechirgan kasallik yoki muolajalar va boshqa faktorlar haqida ota-onadan
batafsil ma'lumot olishi zarur.
Ayrim bolalarni ba'zi kasalliklar tufayli
emlatish umuman ta'qiqlanadi. Shifoxona tanlash: Bolani qaerda emlashni ota-ona
o'zi tanlaydi. Asosiysi, bu shifoxona barcha gigiena va tibbiyot talablariga
javob berishi lozim. Agar bolani emlatuvchi hamshira shamollagan bo'lib,
qo'llarida teri kasalliklari mavjud bo'lsa, u shifoxonadan voz kechishingiz
maqsadga muvofiq bo'ladi. Emlash vositasi davlat ro'yxatidan o'tgan va
rasmiylashtirilgan bo'lishi shart. Emlash vositasi muzlatgichda
saqlanayotganiga amin bo'lish kerak. Undan tashqari vosita idishi sinmagan,
zararlanmagan holda bo'lishi darkor. Hamshira har bir emlashdan oldin qo'lini
sovunlab yuvishi kerak. Emlash steril qo'lqoplarda amalga oshiriladi. Bolani
emlagandan so'ng kamida 30 daqiqa davomida shifoxonadan ketmaslik tavsiya
qilinadi, chunki emlash vositasiga allergik reaksiya yuzaga kelsa, tez yordam
ko'rsatish imkoni bo'ladi. Agar bola
qattiq kasal bo'lgan bo'lsa, rejadagi emlashni kamida 2 haftadan so'ng amalga
oshirish kerak. Emlashni rejada ko'rsatilgandek o'tkazish kerak, undan oldin
emas. Ba'zi hollarda kechikish mumkin. Emlash muddatlarini ota-ona xohishiga
binoan o'zgartirish mumkin emas. Emlashdan so'ng 3 kun bolani cho'miltirmaslik
va ukol qilingan joyiga suv tegmaslik shifokorlar tomonidan tavsiya qilinadi.
Bolada ma'lum bir emlash vositasiga qarshi reaksiya bo'lmasligi bilan boshqa
vositalarga bo'lishi mumkin. Bolada surunkali yoki nevrologik kasalliklar
mavjud bo'lsa, emlashni amalga oshirishdan oldin barcha kerakli mataxassislar
bilan maslahatlashish lozim. Agar... Emlashdan so'ng bola tana harorati ko'pi
bilan 38.5 darajagacha ko'tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko'p
ichimlik ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo'lsa, istma tushuruvchi sirop
ichirish ham mumkin. Ukol qilingan joyga hech qanday kompress, maz yoki dori
vositalarini surish mumkin emas. Emlashga bo'ladigan reaksiya ko'pi bilan 2 kun
davom etishi kerak. Undan ortig'i boshqa kasallik yoki allergik holat
mavjudligidan dalolat berishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda shifokorga
murojaat qilish talab etiladi

Комментариев нет:
Отправить комментарий