четверг, 17 октября 2019 г.

ВПЧ  vaksinalari bepushtlikka olib keladimi? Taxminlarga oydinlik kiritamiz
ВПЧ  vaksinalari reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida ishonchli ilmiy dalillar mavjud. 2006 yilda birinchi ВПЧ  vaksinasini litsenziyalashdan oldin o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar, shuningdek, uning kiritilishidan keyin o‘tkazilgan monitoring va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar ushbu vaksinaning ayollarning reproduktiv disfunksiyasini keltirib chiqarmasligini tasdiqladi.

пятница, 4 октября 2019 г.

ВПЧ jahon tajribasiga nazar
ВПЧ  vaksinasi ishlatiladigan mamlakatlarda ВПЧ  infeksiyasining tarqalishi va bachadon bo‘yni patologik o‘zgarishlari aniq kamayadi. Bachadon bo‘yni saratonining emlash bilan bog‘liq kamayishi yaqin bir necha yil ichida sezilarli bo‘lishi kutilmoqda. Bu mamlakatlarda, shuningdek, keskin — 90% dan ko‘proq — genital so‘gallar tarqalishining pasayishi kuzatilmoqda.