четверг, 17 октября 2019 г.

ВПЧ  vaksinalari bepushtlikka olib keladimi? Taxminlarga oydinlik kiritamiz
ВПЧ  vaksinalari reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida ishonchli ilmiy dalillar mavjud. 2006 yilda birinchi ВПЧ  vaksinasini litsenziyalashdan oldin o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar, shuningdek, uning kiritilishidan keyin o‘tkazilgan monitoring va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar ushbu vaksinaning ayollarning reproduktiv disfunksiyasini keltirib chiqarmasligini tasdiqladi.

Bundan tashqari, ВПЧ  vaksinasi bachadon bo‘yni saraton oldi shikastlanishlari va bachadon bo‘yni saratonining oldini olish orqali reproduktiv funksiyani himoya qilishga yordam beradi. Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni saraton oldi shikastlanishlarini jarrohlik davolash bolaning erta tug‘ilish va homila o‘limiga olib kelishi mumkin, bachadon bo‘yni saratonini davolash (bachadon bo‘yni va bachadonni olib tashlash, kimyoterapiya va / yoki radiatsiya terapiyasi) ayolni tug‘ish qobiliyatidan mahrum qiladi.
O‘zbekistonda 2010 yilda Gardasil vaksinasi bilan 12−14 yoshdagi 7000 qizni emlash amalga oshirildi. Bugungi kunda, 2010 yilda emlangan qizlarning aksariyati allaqachon turmushga chiqib, ona bo‘ldilar.
O‘zbekistonda har yili 1600 ga yaqin ayol bachadon bo‘yni saratoni tashxisi qo‘yilgan saraton kasalligi bilan ro‘yxatga olinadi. Va mamlakatda yiliga 600 ga yaqin ayollar ushbu kasallikdan vafot etadi. Maxsus matematik hisob-kitoblar olib borildi va O‘zbekistonda ВПЧ  vaksinasini muvaffaqiyatli joriy etish bilan yiliga 1100 bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish va 585 bachadon bo‘yni saratonidan o‘lish holatlari oldini olish kutilmoqda.
Agar emlash qamrovi 90% dan kam bo‘lmasa, 2050−2060 yillarda O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni sog‘liqni saqlash muammosi sifatida chiqarib tashlanadi.

 Dilafro'z Igamuratova

Комментариев нет:

Отправить комментарий