Tajribadan o’tgan vaksina
Bugunga qadar Milliy emlash kalendari bo‘yicha
O‘zbekistonda bolalar 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi davlat
hisobidan profilaktik emlanayotgan edi. «ВПЧ ga qarshi vaksinaning 13-emlash sifatida
joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni
xastaligining oldini olishga xizmat qiladi.
2010 yilda mamlakatimizning bir necha viloyatlaridan
8000 nafar qiz ushbu vaksina bilan emlandi va ular diqqat bilan kuzatildi.
Hozirda ayrimlarining oilasi va farzandlari bor. O‘tgan davrda ularning
reproduktiv salomatligida emlashning hech qanday nojo‘ya ta’sir yoki asorati
kuzatilmadi. Vaksina bilan emlash
natijasida O‘zbekistonda 2060 yillarga borib ayollarning bachadon bo‘yni
saratoni bilan kasallanish holatlariga barham beriladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ortiq ayolda
bachadon bo‘yni saratoni birinchi bor qayd etiladi, ulardan 190 mingtasi ushbu
kasallik oqibatida vafot etadi. Dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham
bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi
saratonidan keyingi o‘rinda turadigan va keng tarqalgan saraton xastaligi
hisoblanadi. Kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa, bachadon bo‘yni
saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon
saratonidan keyin uchinchi o‘rinda va tug‘ish yoshidagi ayollar (15 —
44 yosh) orasida esa bachadon sartonidan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ikkinchi
o‘rinda turadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda
1600 nafardan ziyod ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Odam
papillomasi virusiga (ВПЧ ) qarshi emlash esa ayollarda uchraydigan bachadon
bo‘yni saratonining oldini olishning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
O‘smir yoshdagi qizlarni rejali emlash kelgusida 1100 ta kasallanish
holati va bachadon bo‘yni saratoni kasalligidan yuzaga keladigan o‘lim
holatining oldini olishga yordam beradi.
ВПЧ ga qarshi rejali emlash 92 davlatda, ular
orasida JSST Yevropa mintaqasidagi 36 davlatda ham qo‘llanib kelinmoqda.
Emlashning bachadon bo‘yni saratonini kamaytirishdagi yuqori samarasi klinik
sinovlar davrida, shuningdek, ushbu vaksina ko‘p yillardan beri qo‘llanib
kelinayotgan davlatlar (Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya,
Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya, AQSH) misolida ko‘ringan.
Ta’kidlash joizki,
joylarda Global vaksina va immunizatsiya alyansi yordamida qurilayotgan
muzlatgichli omborlarda vaksinalar sifatli saqlanadi va tarqatiladi. Vaksinalar joriy yilning birinchi
yarmida O‘zbekistonga olib kelina boshlaydi. Oktyabr oyidan boshlab esa 400
ming nafarga yaqin 9 yoshli qizlar maktablarda va tibbiyotning birlamchi
bo‘g‘inlarida emlanadi. 2020 yil aprelida ular ikkinchi marta emlanadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий