ВПЧ jahon tajribasiga nazar
ВПЧ vaksinasi
ishlatiladigan mamlakatlarda ВПЧ infeksiyasining tarqalishi va bachadon
bo‘yni patologik o‘zgarishlari aniq kamayadi. Bachadon bo‘yni saratonining emlash
bilan bog‘liq kamayishi yaqin bir necha yil ichida sezilarli bo‘lishi
kutilmoqda. Bu mamlakatlarda, shuningdek, keskin — 90% dan ko‘proq —
genital so‘gallar tarqalishining pasayishi kuzatilmoqda.
ВПЧ bilan
emlash ВПЧ tarqalishini kamaytirish
nuqtai nazaridan aniq ta’sirga ega. Bachadon bo‘yni shikastlangan ayollar
sonining qisqarishi va genital so‘gal bilan og‘rigan erkaklar
va ayollar sonining keskin kamayishi buning bevosita dalilidir.
ВПЧ tarqalishi
kamaygan barcha holatlarda, keyingi bir necha yil yoki o‘n yilliklar davomida
bachadon bo‘yni saratoni va ВПЧ bilan bog‘liq boshqa saraton kasalligi
kamayadi.
Bugungi kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlar Gardasil
vaksinasining yuqori samarali ekanligini ko‘rsatdi. Avstraliya, Belgiya,
Shvetsiya, Shotlandiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Yangi Zelandiyada
o‘tkazilgan tadqiqotlar ВПЧ infeksiyasi
va genital so‘gallar bilan kasallangan o‘spirin qizlar va ayollar
soni 90 foizga kamayganligini ko‘rsatdi.
Keyinchalik, bir guruh emlangan shaxslar bachadon
bo‘yni saratoni tekshiruvidan o‘tishni boshlashganda, bachadon bo‘yni patologik
o‘zgarishlar hollari kamayishi yanada aniqroq bo‘ldi. Masalan, 2007
va 2008 yillarda ВПЧ vaksinasi
joriy etilgan Avstraliya va Daniyada, mos ravishda emlash dasturlari
yuqori qamrov ko‘rsatkichlariga erishgan bo‘lsa, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
davolanishsiz katta ehtimol bilan saratonga olib keluvchi yuqori darajadagi
bachadon bo‘yni patologik o‘zgarishlari 80% ga kamaygan.
Hozirgi kunda, 12 yillik foydalanish va 270
million dozani qo‘llashdan so‘ng, ВПЧ ga qarshi emlash bachadon bo‘yni
saratoniga olib keladigan surunkali infeksiyalarning oldini olish uchun juda
samarali ekanligi haqida yetarli dalillar mavjud.
Keyingi yillarda bachadon bo‘yni saratonining
kamayishi kutilmoqda, chunki o‘smirlik davrida emlangan qizlarning birinchi
guruhi bachadon bo‘yni saratoni boshlanadigan yoshga etadi.
Vaksinalarga salbiy munosabatning asosiy sababi to‘liq
va ishonchli ma’lumotlarning yo‘qligi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
vaksinatsiya haqidagi shubhalarni 2019 yilda dunyo aholisi sog‘lig‘iga tahdid
soladigan o‘nta xavf-xatarlardan biri deb e’lon qildi
Dilafro'z Igamuratova

Комментариев нет:
Отправить комментарий