Emlashning ahamiyati qanchalik?
Emlash xavfli va yuqumli xastaliklar
qo‘zg‘atuvchisining zararsiz miqdordagisini qonga yuborish jarayoni
hisoblanadi. Organizm bu virus bilan «tanishadi» va unga qarshi immunitet
hosil qiladi. Bu orqali xastalikning yuqish ehtimoli sezilarli darajada
kamaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, emlash kampaniyasining to‘g‘ri amalga
oshirilishi natijasida bo‘g‘ma, qoqshol, virusli V gepatiti kabi xastaliklar
O‘zbekiston hududida uchramaydi.
Emlashni amalga oshiradigan mutaxassis maxsus
o‘qitiladi va vaksina o‘tkazishga ruxsat beruvchi sertifikat beriladi. Har bir
emlash xonasida bunday sertifikat osig‘liq turishi kerak. Ota-ona mutaxassis
malakasiga shubha qilgan taqdirda bu hujjatni hamda inʼeksiyaning kafolatini
talab qilishga haqqi bor.
Milliy emlash taqvimiga bakterial meningit,
ko‘kyo‘tal, poliomelit, qoqshol, rotavirus, difteriya, virusli V gepatiti,
sil kabi turli yuqumli xastaliklarga qarshi 12 xil vaksina kiritilgan. Ular
bola tug‘ilgandan 18 yoshgacha bo‘lgan davrda turli muddat oraliqlari bilan
rejali tarzda amalga oshiriladi. 12 turdagi vaksina davlat budjeti hisobidan
barchaga bepul o‘tkaziladi.
«Faqatgina A gepatitiga qarshi emlash pulli tarzda
amalga oshiriladi. U emlash jadvaliga kiritilmagan, lekin xavfi yuqori
bo‘lganligi uchun mutaxassislar tomonidan qat'iy tavsiya etiladi.
2017 yilda A gepatiti epidemiya tarzida qo‘zg‘alishi
xavfi mavjud edi. Shu bois vazirlik 3 million doza inʼeksiya olishga erishgan
va bepul tarzda bolalarga o‘tkazilgan edi. Epidemiya ehtimoli yuzaga kelganda
shu singari kampaniyalar olib borilishi mumkin.
Ijtimoiy og‘ir ahvoldagi oila farzandlarini bu
vaksinadan o‘tkazishda qiyinchilik yuzaga kelganda homiylar ko‘magi
tashkillashtirib beriladi. Keyinchalik bu vaksina ham Milliy emlash taqvimiga
kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Комментариев нет:
Отправить комментарий