четверг, 5 сентября 2019 г.


Bolalarni emlashga tayyorlash

Bolalarni emlashga tayyorlashda elementar qoidalarni bilib olish zarur, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

· Qon va siydik tahlilisiz hech qaysi shifokor bolalarni emlashga ko‘rsatma bermaydi;
· Bolalar nevropatologi xulosasi;
· Allergolog tavsiyalari, allergic reaksiya profilaktikasi;
· Isitma tushuruvchi preparatlar masalan parasetamol shamchalari;
· Vaksina oldidan yangi turdagi ovqat maxsulotlarini bermaslik;
· Vaksinadan 2 kun oldin antigistamin prepratlar berish, allergic reaksiyaning oldini olsih;
· Bolalarni emlash bilan hech qachon qo‘rqitmang (hazillashib ham), agar ineksiyaning og‘riqliligi haqida so‘rasa – to‘g‘risini tushuntiring “ bu biroz og‘riqli, lekin tez va chidasa bo‘ladi” deb.
· Bolaga eng qizi bo‘lgan o‘yinchoqlarini o‘zingiz bilan birga olib yuring;

Emlash vaqtida

Emlashga tayyorgarlik ko‘rganingizdan keyin, emlash vaqtida kerak bo‘ladigan ayrim maslahatlar bilan tanishib oling:
· Emlash uchun uydan chiqayotganingizda bolaning tana haroratini o‘lchang – tana harorati 37 C dan past bo‘lishi kerak, ineksiya oldidan ham shifokorda bola tana haroratini o‘lchashni so‘rang;
· Bolaga qanday vaksina qilinayotganini, uning ishlab chiqarilgan joyi va sanasini shifokoringizdan so‘rab oling;
· Agar sizda shifokor yoki hamshiraga gumon qilayotgan bo‘lsangiz, boshqa kunni kuting yoki hamshirani almashtirishni so‘rang;
· O‘zingizdagi hayajonni bosib oling, xavotirlanish tezlik bilan bolangizga ham o‘tishi mumkin;
· Bolangiz xavotirlanayotgan bo‘lsa, uni chalg‘itishga harakat qiling, gapga soling;
· Ineksiyadan so‘ng bolaning yig‘lashi norma bo‘lib, uni ovutishga harakat qiling, og‘riq chuqur nafas olib chiqarganda o‘tib ketishini ayting;

Emlashdan so‘ng

Emlashgacha bo‘lgan vaqtda qandaydir kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, emlash o‘tkazilgandan keyin quyidagi maslahatlar sizga yordam berishi mumkin:
· Shifokoringizga savollar bering, emlashdan keyin bo‘ladigan asoratlar haqida ma’lumot oling va qanday chora tadbirlar o‘tkazish kerakligini bilib oling;
· Emlashdan so‘ng ploklinikada kamida 30 daqiqa o‘tiring;
· AKDS vaksinasini issiq ob havoda o‘tkazmaganingiz ma’qul, agar vaksinatsiya qilingan bo‘lsa, uyga qaytganingizdan keyin bolaga haroratni tushiruvchi prepratlar bering;
· Agar bolada tana harorati ko‘tarilsa (bu AKDS da norma) – xona haroratida turgan suv bilan bolani ho‘llash mumkin (bunda spirtdan (!) foydalanmang, u nozik terini ta’sirlaydi).
· Bolada harorat tushiruvchi prepartlar o‘zining nojo‘ya ta’sirlari va qabul qilish limiti borligini ham unutmang;
· Isitmani tushirish uchun aspirin preparatini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish Qat’iyan man qilinadi;
· AKDS vaksinatsiyasida faqatgina tana harorati ko‘tarilmay, umumiy holsizlik, talvasalar ham kuzatilishi mumkin. Bu holat shartli ravishda norma hisoblanadi.
· Mantu vaksinasini qabulq qilgandan keyin 1 kun o‘tib bolani xona haroratidagi suvdagi cho‘miltirish lozim;
· Emlash o‘tgandan 3 kun o‘tib bolaning ovqatlanish tartibini ham o‘zgartirish mumkin;
· Ineksiyadan keyin mahalliy reaksiyalar paydo bo‘lsa, o‘sha joyga ilia compress qilish zarur, masalan iliq suv bilan;
Esda saqlang, tirik vaksinalar bolada nojo‘ya ta’sirlar yuzaga chiqarib, emlashdan keyin 5-kundan boshlab 12-kunigacha davom etishi mumkin;
Noaktiv vaksinalarning nojo‘ya ta’sirlari, ko‘pincha yondosh holatlar bilan tushuntiriladi – masalan emlangan vaqtda bolaning tishi chiqayotgan, yoki bolada shamollash asoratlari boshlanayotgan bo‘ladi;
Hozirgi kunda vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qolib bormoqda, chunki tayyorlanayotgan vaksinalar nojo‘ya ta’sirlari nisbatan kamaygan. Barcha onalar bilishi kerak, vaksinatsiya – bu bolani hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklardan ximoya qiluvchi yagona yo‘ldir, bunda nojo‘ya ta’sirlar ham kuzatilib, shu og‘ir kasalliklarning yengil formasi bilan kasallanib o‘tishlarini unutmaslik zarur. Bunda shifokorning malakasi va bilimi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Unutmang – shifokor bolaga zarar yetkazishi mutlaqo mumkin emas!

Комментариев нет:

Отправить комментарий